Cho‘l joylarda juma namozini o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati a’zolari. Meni bir korxonaga ishga taklif qilishayabdi, lekin u korxona chekka xududda ya’ni cho‘lda joylashgan ekan va yaqin atrofda masjid yo‘q. (Biz tomonlarda ko‘pgina neft-gaz korxonalari cho‘llarda joylashgan). Boshqa nomozlarni o‘qishni imkoni bo‘lsa ham juma nomoziga borishga ozgina qiynalib qolarkanman. Chunki tushlikka berilgan vaqtda masjidga borib kelish sal muammo tug‘diradi. Lekin ishlab pul ham topishim kerak vaqtinchalik bo‘lsa ham. Juma nomoziga chiqishga maximum harakat qilaman abatta. Shunday hollarda rizq talabida yurgan chekka hududlarda ishlaydigan birodarlarimizga juma nomozini ado etish borasida biron bir engillik bormi? Javobingiz ichun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Juma namozi shaharda yoki shaharning hukmini olgan qishloqlarda o‘qiladi. Cho‘lda juma o‘qish vojib emas. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:
Misrda yashash.
«Misr» – eng katta masjidiga o‘zining aholisi sig‘maydigan aholi yashaydigan joy. Bu kabi istiqomat maskanlari avvallari «shahar» deyilgan. Ammo hozirgi kichikroq qishloqlar ham avvalgi shaharlardan katta bo‘lib ketgan. Mazkur iboradagi «aholi»dan murod juma namozi o‘qishi farz bo‘lgan aholidir.
Demak, qay bir aholi yashaydigan joy bo‘lsa-yu, uning eng katta masjidiga juma o‘qishi farz bo‘lgan odamlari sig‘masa, o‘sha er «misr» bo‘ladi va unda jumaning farz bo‘lish shartlaridan bir shart vujudga kelgan bo‘ladi.
Misr bo‘la olmagan aholi yashash joylarining aholisiga juma farz bo‘lmaydi.
Shuningdek, yashash joyidan safarga chiqqan odamga ham juma farz bo‘lmaydi. Agar musofir bir joyda o‘n besh kun yoki undan ortiq yashashni niyat qilsa, musofirligi qolmaydi va juma o‘qishi farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar