Hovliga yig‘ilayotgan puldan zakot
Asslomu alaykum, Shayx Hazratlari. Men hozir chet eldaman. 2 ta o‘glim bor. Hovlim bor. Lekin eski 3 xona. Chet elga kelishdan maqsadim yana bitta hovli olish. (har o‘g‘limga bittadan) Topyapgan pullarimni muzorabaga berganman. Pulim didimdagi hovliga etadigan darajada bo‘lganda olmoqchiman. 1.Shu pullardan zakot berishim kerakmi?2.Otamiz o‘gay inilarimizga uy qurib beryapganlar. Ular biri 24 yosh, biri 22 yosh. Rossiyada ishlashadi. Pul jo‘natishadi. Otamiz shu pulga quryaptilar. Hozir suvoqdan chiqdi. Hali chalasi ko‘p. Zakotni shularga bersam bo‘ladimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Berish kerak.2. Aka-uka zakotga haqdor bo‘lsa, bersa bo‘ladi.
5 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Berish kerak.2. Aka-uka zakotga haqdor bo‘lsa, bersa bo‘ladi.
5 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 149 | Zakot