Xavfda bo‘lmaslik
Assalomu alaykum! Kishi qiyomat kuni xavf xatar va qo‘rqinchda bo‘lmasligi uchun bu dunyoda ko‘prok nimalar qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu bir so‘z bilan tushuntiradigan narsa emas. وَأَمَّا مَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ وَنَهَى النَّفْسَ عَنِ الْهَوَى 40. Va ammo kim Robbining huzurida turishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishdan qaytargan bo‘lsa... Kim foniy dunyoda Alloh taologa ro‘baro‘ bo‘ladigan maqomdan qo‘rqib, o‘z havoyi nafsini jilovlab, din amridan chiqmay yurgan bo‘lsa... فَإِنَّ الْجَنَّةَ هِيَ الْمَأْوَى 41. bas, albatta, jannat (unga) joy bo‘ladir. Chunki Alloh taolo O‘ziga iymon keltirib, ibodat ila o‘tgan har bir bandaga jannatdan joy berishni va’da qilgan. Mazkur oyatlar har bir inson o‘zining kim ekanini aniq o‘lchab oladigan daqiq tarozidir. Ortiqcha gapning keragi yo‘q. O‘tgan oyatlarda «Toommatul kubro» – «katta ofat» bo‘lgan qiyomatning ba’zi holatlari vasf qilinib, so‘ngra kimlar jahannamga tushadi-yu, kimlar jannatdan joy olishi aytib o‘tilgandan so‘ng, endi keladigan oyatlarda qiyomatga iymoni yo‘qlarning u kunga nisbatan ishonchsiz qarashlari bayon qilinadi. Ularning Nabiy sollallohu alayhi vasallamga istehzoli savol berishlari u zotga bevosita xitob qilib aytiladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar