Uyga ro‘zg‘or qilish
Assalamu alaykum! Men turmushga chiqmaganman. Ro‘zg‘ordagi uy harajatlarini o‘zim qilishga majburman. Agar uydagi mahramlarimga “men harajat qilmayman o‘zinglar qilib kelinglar desam” ular “ishlamaganingdan keyin o‘zing qilasan-da” deb aytishadi. Men ularga qayta-qayta yalinib aytsam ham ular baribir o‘zlarining vaqtlari bo‘lsa ham bu ishni o‘zimning zimmamga yuklab qo‘yaveradilar. Men esa moddiy tomonlama pulga muhtoj emasligimiz uchun ishlamayman. Men “ayol kishi iloji boricha uyda nomahramlarning ko‘zidan yiroq bo‘lsa, shuncha yaxshi” deb o‘ylayman va bunga intilaman. Ko‘chaga ko‘proq ro‘zg‘or uchun ham chiqishga to‘g‘ri keladi. O‘zi aslida shariatda ayol kishining oilada vazifasi nimalardan iborat. Bu ish erkaklarniki bo‘la turib, ayol kishi qilishi kerakmi? Yoki bu ayollarning ham vazifasiga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo xonadoningiz erkaklariga himmat bersin. Ustozimizning “Baxtiyor oila” kitobini olib o‘qing va o‘qib bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar