Zakotning miqdori

Assalomu alaykum! Bu yil zakot miqdori 17,000,000 so‘mdan 425000 so‘m zakot puli chiqarildi va men ushbu 425000 so‘m pul zakot berdim. Meni o‘ylantirgan savol, mening pulim 21,000,000 so‘m bo‘lsa ham 425000 so‘m zakot beramanmi? Kimdur “Qancha bo‘lishidan qat’iy nazar 425000 so‘m berasan” va yana kimdur “qancha puling bo‘lsa o‘shandan berasan” demoqda. Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bor pulingizni 40ga bo‘ling, chiqqan sonni zakot deb ajrating. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 143 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar