G‘iybatmi yoki to‘g‘ri guvohlik?
Assalomu alaykum! Avvalombor qilayotgan ishlaringiz uchun Alloh taolo eng ulkan savoblarni bersin. Yaqinda bir savolni uqidim. Unda bir qizning uydagilari institutga kelib bir bolani surishtirishgan. Birga o‘qiydigan bola esa uning zino qilishi va namozxon emasligini aytgan va bu to‘g‘ri guvoxlik berish deb aytilgan. Ammo men shayximizning g‘iybat haqidagi ma’ruzalarida “Agar inson yomon bo‘lsa uni orqasidan yomon desa g‘iybat, agar u inson yomon bo‘lmasa bo‘xton bo‘ladi” deb eshitgan edim. Qaysi holatda g‘iybat va qachon rost guvohlik berish bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Guvohlik berish turlicha bo‘ladi. Qozining oldida, kelin kuyov haqida so‘ralganda to‘g‘risini aytish vojib bo‘ladi. Gunohkor qishining gunohi o‘zgalarga ham zarari tegsa, undan ogohlantirish ham vojib bo‘ladi. Gunohining zarari o‘zidan boshqasiga bo‘lmasa, oshkor qilmaslik kerak. Unga nasihat qilish boshqa narsa. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 158 | Ta’lim va muta’allim