Imomga iqtido qilishdagi shubha
Assalomu alaykum wr wb Shayx hazratlari! Allohim sizdan va ahlingizdan rozi bo‘lsin. Yana quyidagi savol bilan bilan murojaat etishga ruxsat etsangiz. Ustoz biz 4 rakatli namozlarda imomga iqtido qilgan paytimizda ancha shubhaga tushib qolamiz. Chunki imom pokistonlik qodiriya ta‘limoti izdoshlaridan bo‘lib, ularning aksariyati 3 chi va 4 chi rakatlarda Fotiha surasini o‘qishmaydi... Shunga namozimiz ma‘qulmikan deb o‘ylab qolamiz. Jamoat bilan o‘qigan namozlarimizni yana qaytadan o‘zimiz o‘qib olsak joizmi yoki namozimiz namoz bo‘laveradimi? Javobingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Abdulqodir Jiyloniy tasavvuf bo‘yicha katta mashoyixlardan va ahli sunnadan, shuning uchun ularning ortidan namoz o‘qisa bo‘ladi.
5 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 131 | Namoz