Harflar farqi
Assalomu alaykum Qori aka, Alloh umringizni uzoq qilsin! Hoyi hutti bilan hoyi havvazning talaffuzlarida qanday farqlar bor? Shularni talaffuz qilishda ozgina qiynalayapman, iltimos duo qiling! Javob uchun rahmat! Alloh panohida asrasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Hoyi huttiy halqum o‘rtasidan, xiqildoq usti tog‘ayining halqum devori tomon tortilib, u erda kichik tirqish hosil qilishi va shu joydan havo oqimining sirg‘alib o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. U engil tomoq qirishni eslatadi. O‘zbek tilida bunday tovush yo‘q. Uni ’ayn bilan ketma ket talaffuz qilish orqali mashq qilish yaxshi natija beradi. Chunki u ’aynning maxrajdoshidir.Hoyi hutti halqumning eng tubida, tovush paychalarida, ularining o‘zaro yaqinlashib hosil qilgan tirqishdan havoning sirg‘alib o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. U hamzaning maxrajdoshidir. Nutq tovushlarini to‘g‘ri o‘zlashtirishda eshitib o‘rganishning ahamiyati katta. Vallohu a’lam.
5 May 2022, 06:56 | Savol-javoblar | 171 | Qur’oni karim