namozga oid daqiq masalalar

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Assalamu alaykum ustoz. dinga qilayotgan xolisona xizmatlaringiz hurmatidan Alloh taolo soyangizni boshimizdan kam qilmasin. savolim quydagicha: bizga takbirdan keyingi aytiladigan tasviyb haqida ma‘lumot bersangiz.Adashmasam Ali Qori rahmatullohi alayh "muxtasar" kitobiga yozgan sharhlarida "bomdod namozida mandub boshqa namozlarda esa makruh" deganliklarini o‘qigandim. bunga barcha hanafiy ulamolari ittifoq qilganlarmi? chunki bizni aksar jome‘larimizda har namozda tasviyb aytiladi. ikkinchi savolim: bizni diyorlarda namozdan forig‘ bo‘lingach namozhonlar bir-birlariga yoki oila a‘zolariga salom beradilar. bu ish sunnati mutohharada bormi? oxirgi savolim: oldingi bobolarimizni namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin joynamozni buklab, yohud qiyshaytirib qo‘yganliklariga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. katta bo‘lgach bu masala ham bizni biroz o‘ylantirib qo‘ydi. buning sababi nimada? noo‘rin yoki takroriy savol bergan bo‘lsak ma‘zur tutgaysiz. javobingiz uchun oldindan tashakkur aytgan holda intiqlik bilan kutib qolamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tasviyb qilinsa yaxshi. Tasviyb azon bilan iqoma orasida iqoma aytish vaqti yaqinlashganini bildirib qo‘yish. Bu ba’zi joylarda «as-Solah», boshqa bir erlarda «Qomat!» kabi iboralar bilan qilinadi. Hamma namozlarda bir xil.Qolgan savollaringizdagi gaplar asossiz ishlar.

1 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar