Rahmat eshitganda javob

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!Hazrat sizga birinchi marotaba maktub yo‘llashim, shuning uchun hayajondaman. Sizni juda ham hurmat qilamiz, sizdan juda ko‘p narsalarni o‘rganib kelmoqdamiz, shuning uchun ustoz deb murojaat etaman.Ustoz sizdan ko‘p narsalarni o‘rgangim keladi, shuning uchun ularni birma-bir so‘rab o‘rgansam.Savolim: (Bunday savolni saytdan qidirib topa olmadim va bu savolimda nuqsonlar bo‘lsa uzr so‘rayman) Ustoz ko‘pinchi atrofimizdagilarga yordamimiz tekganda rahmat eshitamiz va arzimaydi deb javob beramiz, shu to‘g‘rimi, arzimaydi deb bizga aytilgan rahmatni rad etgan bo‘lmaymizmi? Aslida shu holatda qanday yo‘l tutishimiz kerak? Iltimos shu haqida bizga tushuncha bersangiz.Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha yo‘lning o‘zi to‘g‘ri. Kamtarlikning belgisi.

5 May 2022, 06:56 | Savol-javoblar | 185 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar