Mushugimni chatishtirib haq olish

Assalomu alaykum! Meni mushugim zotli. Biron bir zotli mushukka chatishtirishga bersam yoki qo‘shtirganimga pul olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما قَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ عَسْبِ الْفَحْلِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam erkak hayvonning qochirishi (uchun haq olish)dan nahiy qildilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Sharh: Johiliyat paytida urg‘ochi hayvonlarni qochirish uchun qo‘shib qo‘yiladigan erkak hayvonlar uchun ham haq olishar edi. Bu ish noma’lum narsaga haq olish bo‘lganligi uchun Islomda bekor qilindi. Unday hayvonlarni urg‘ochi hayvon qochirib olinguncha vaqtinchaga, bepul berib turish tavsiya qilindi. Demak, mazkur noto‘g‘ri yo‘l bilan mol kasb qilish ham joiz emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 138 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar