Ilm olish haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Hadisda «Bir soatlik ilm o‘rganish, bir kechalik ibodatdan yaxshidir» deyilgan. Bu faqat diniy ilm uchunmi yoki dunyoviy ilmga ham xosmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyat va hadisda kelgan ilmdan murod diniy ilm hisoblanadi. Chunki bu ilm Alloh taolo va Uning rasulining tanituvchi ilmdir. Bu ilm o‘z zotida go‘zal va farz bo‘lgan ilmdir. Hozirgi kunda bu ilmni talab qilish umumiy tarzda barcha uchun farzi ayn darajasidadir. Chunki o‘zini musulmonman deb hisoblagan milionlab kishilar, birinchi sinf o‘quvchisi harflarni tanib alifbo bayrami o‘tkazadigan darajada diniy savodga ham ega emas. Qolgan holatni tasavvur qilavering. Qolgan ilmlar esa holat va niyatning e’tibori bilan ibodat darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Bu xuddi Qur’on va hadis ilmini o‘rganish uchun arab tilini o‘rganish kabidir. Arab tilini o‘zini o‘rganish ibodat emas. Shu til orqali Qur’on o‘qiyman, tafsir o‘qiyman, hadis o‘qiyman va unga amal qilaman desa ularga olib boruvchi vosita sifatida arab tilini o‘rganish ham ibodat bo‘ladi. Dunyoviy ilmlar ham kelajakda xalqqa manfaat etkazish, foyda keltirish, oilani o‘zgalar oldida qo‘l cho‘zishdan qaytarish, kasbidan topgan pulini halol ishlarga sarflash maqsadida o‘rganilsa ibodat hisoblanadi. Aks holda ma’lumotdan boshqa narsa hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra dunyoviy ilm ham ba’zi vaqt farz, ba’zida vojib, ba’zida muboh, ba’zida (noshar’iy ishlarga olib boradigan bo‘lsa) harom bo‘ladi. Siz aytgan gap Ibni Abbos roziyallohu anhuning gaplari bo‘lib, imom Termiziy “Sunan”larida rivoyat qilganlar. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari emas. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 282 | Hadislar