Maqtov
Assalomu alaykum! Ustozlar, bir insonni otasi yaxshi ishlarni ko‘p qilgan masjid qurilishida ishtirok egan maxallada va xakazo(Alloh rahmat qilsin). Farzandi jamoat joylarda otaxonni ishlarini ko‘p aytaveradi. Bir kishi unga "ko‘p gapirma savobi kamayadi, yaxshilik yashirilishi bilan go‘zal " dedi. Xaqiqatdan shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson har bir qilgan amalini Allohning roziligi uchun qilishi kerak. Mabodo kimdir yaxshi ko‘rsin, maqtasin degan niyati bo‘lsa, uning uchun o‘sha yaxshi ko‘rishi va maqtashidan boshqa hech qanday ajr yo‘q. Hatto duo qilishi uchun qilishi ham xolis Alloh uchun bo‘lmaydi. Shuning uchun solih salaf ulamolarimiz va ularni izidan borgan ummat hamisha qilgan amalini yashirishga harakat qilgan. Hatto er yillar ro‘za tutib, ro‘za tutganini xotiniga bildirmagan. Oisha roziyallohu anho bir ayolga sadaqot qilganlarida u ayol Oisha onamizning haqqlariga duo qilgan. Shunda Oisha onamiz u ayolni o‘zining haqqiga duo qilganlar. Nega bunday qildingiz deyilganida “Uning duosi qilgan yaxshiligimning evazi bo‘lib qolmasin. Duosini evazini men ham duo bilan qaytarib, sadaqotimning savobini Allohning huzuridan umid qilaman” deganlar. O‘tganlarni yaxshi amallarini gapirishdan maqsad bo‘lishi kerak. Mabodo insonlarni yaxshilikka targ‘ib qilish bo‘lsa bu yaxshi. Faxrlanish bo‘lsa bu joiz emas. Birovniki bilan maqtanadigan erkak erkak hisoblanmaydi. Erkak o‘zi qilganini birovga oshkor qilmaydi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar