Namoz fiqhi

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganda sajdadan boshni ko‘taryatganda do‘ppisi tushib ketsa, shu bosh kiymini ko‘tarib kiyib olsa, ko‘p ish bo‘lib namozga tasir qilmaydimi?
2). O‘ng tomonga salom berib bo‘lib chap tomonga boshini surishi bilan burundan qon oqsa namozni hukmi qanday bo‘ladi?
3). Ikki rakat sunnati muakkada namozida oxirgi rakatida tashaxxud aytib salom berib yuborsa xech narsa demay saxv sajdasini qilib davom ettiradimi?
4). Agar bir jamoatda bir qori bo‘lsaku uning ko‘zlari ko‘r bo‘lsa, lekin jaomatni ichida qorirog‘i o‘sha bo‘lsa kim imomlik qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Namozni buzmaydi. 2). Namoz ado bo‘lgan bo‘ladi. 3). Namozni tugataveradi. 4). O‘sha ko‘zi ojiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar