Jixod

Assalomu alekumNimaga uylanmaganga jixod qilish mumkummas?Nimaga jixodga Ota Onadan ruxsat olinadi?buni sababi nima?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jihodni iroda qilgan holida keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Ota-onang tirikmi?» dedilar.«Ha», dedi. «Bo‘lmasa, jihodni o‘shalarda qil», dedilar».Sharh: Ya’ni qaytib borib ularning xizmatini qil, ularning roziligini ol, dedilar. Ushbu hadisdan jihodning ma’nosi faqat qurol kztarib urush olib borishdan iborat emasligi. Balki bu so‘zning ma’nolari ko‘p ekanligini ham bilib olamiz. Ota-onaga xizmat qilish, ularning roziligini olish uchun bo‘ladigan hatti-harakat, sa’y-ko‘shishlar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida jihod deb nomlangan ekan.Mazkur kishi uchun jihod qilmaslik ma’siyat emas ekan. Boshqalar bu farzni ado qilib turibdilar. Uning bu ishga qatnashishi shart emas. U ota-onasiga xizmat qilish foydaliroq. Bu shaxs uchun ota-onaning roziligini topish jihod.Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odamlar muomalasida mohir ekanliklari.2. Bir odam haqida hukm chiqarishdan oldin uning o‘zidan holini so‘rab olish kerakligi.3. Ba’zi holatlarda ota-onaning xizmati jihoddan ham ustun turishi.4. Ota-onaga yaxshilik qilish ulag‘ maqom ekani.

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 171 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar