Namoz g‘usl

Assalomu alaykum! 9 yoshimdan beri namoz o‘qiman. Voyaga etganimdan keyin g‘usl qilmasdan namoz o‘qirdim. G‘usl qilishni bilmasdim, hozir g‘uslsiz o‘qigan namozlarimni qazo qilib o‘qishligim kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Junub holatda o‘qilgan namozlar zimmadan ado bo‘lmay, qayta o‘qish farz bo‘ladi. Qazolarini o‘qishda faqat farz va vitrlarniki o‘qiladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar