Namoz vaqtlari boshqa yurtda

Assalomu alaykum! Men xozirda Rossiya Federatsiyasida oilam bilan yashayman. Namoz vaktini bildiruvchi turli programmalar bor men “Muslim Pro” dan foydalanardim yaqinda yangi telefon oldim va unga “1Muslim” ni joyladim karasam ikkita programmada ikkixil vaqtni ko‘rsatmoqda qaysinisi to‘g‘riligiga ikkilanib qoldim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Telefon yoki planshetdan  https://www.islamicfinder.org/ saytiga kirib, birinchi yozadigan joyiga turgan shahringizni nomini yozib, “Nastroyka”sini “Juristic settings” degan joyiga “Hanafi”ni tanlaysiz. Yonidagi “Calculation method” degan joyiga “Karachi”ni tanlaysiz. Shunda namoz vaqtlarini chiqarib beradi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar