Akamning qo‘llarida ishchiman
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men akamni qo‘lida ishchi bo‘lib ishlayman. Men akamdan ishlaganim uchun haq olmayman, chunki ro‘zg‘orimiz bir. Men ishlaganim uchun qilgan ishimga yarasha akamdan pul olishga shariat bo‘yicha haqqim bormi? Akamdan menga oylik ajratib bershini so‘rasam “biz sen bilan aka-ukamiz, topgan pulimiz o‘rtada” deydi. U xohlagan paytda menga bergan pullariyu qigan yaxshiliklarini aytib minnat qilishni boshlaydi. Ilmsizligim tufayli nima qilishni bilmay qolaman. Akamga buni qanday tushintirsam bo‘ladi? Iltimos maslahat bering!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! So‘rashga haqqingiz bor, aka o‘z ukasini roziligisiz tekinga ishlatishi joiz emas. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomonning guvohligida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:49 | Savol-javoblar | 130 | Dolzarb savollar