Uzr, ammo musiqa

Assalamu aleykum va rahmatullohu ba barokatuhu Shayx janoblari va ahli Islom!Cheksiz qudrat va bilim sohibi Alloh taologa al-hamd bo‘lsin.Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. ga salovot va salomlarimiz bo‘lsin.Yana shu mavzuni ochganim uchun ming bor uzr. Alhamdulillah, musiqa balosidan asta-sekin qutulmoqdaman, butkul qutulishdan esa quyidagi savollar to‘xtatib qolmoqda...Savollarim shular:1. Musiqa deganda aynan musiqiy asboblar chiqaruvchi tovushlar nazarda tutiladimi, yoki har xil obektlar tovushidan hosil qilingan ritm - ohang ham musiqa sanaladimi?2. Ko‘pgina salovotlarda odamlar jo‘rligida - odamlar ovozidan "musiqa" yaratiladi. U ham musiqami?3. Tabiat tovushlari - daryo-soylar, qushlarning sayrashi, shamol, daraxtlar shitirlashi va hokazolarni maroq ila tinglash mumkinmi, yoki bu holda musiqaga yaqin bo‘lib qoladimi?4. (Iltimos, kibr va riyokorlik o‘rnda ko‘rmang) Ko‘plab musiqiy arxivlarim bor. Sizning bu haqda birgina javobingiz kifoya: Ularni yo‘q qilib, InshaAlloh, bir umr musiqadan kechsam joiz bo‘ladimi, yoki dinda haddan oshish bo‘ladimi?Agar savolim takroriy bo‘lsa, uzr. Lekin saytdan javob topolmadim. Javoblar uchun oldindan rahmat. Javob beruvchilarga Allohim bundanda ko‘p ilm bersin va barchamizning oxirimizdan quvontirsin.Barchamizdan, shu jumladan umrimda bir martagina yuzma-yuz bo‘lgan ustozim - Shayximizdan ham Allohim rozi bo‘lsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Musiyqa asbobidan chiqqan ovoz musiyqadir. - Tabiiy ovozlar o‘z nomi bilan ovozdir.- Arxivda turgan narsaning zarari yo‘q.

29 Aprel 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar