Nashriyot
Muhtaram ustoz. Kecha ahborot dasturidan so‘ng noqonuniy kitob nashrlari va savdosi haqida ko‘rsatuv efirga uzatildi. Diniy mavzudagi kitoblarni faqatgina ikkita nashriyotga chop etishga ruhsat berilgan deb o‘tildi. Ular:"Movarounnahr" va "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaasiga qolgan nashriyotlarga ruhsat berilmagan deyildi. -sizning qalamingizga mansub kitoblarimiz "Sharq" nashriyot-matbaa tomonidan chop etilgan. shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari ko‘mitasining tavsiyasi bilan chop etilgan va kitoblarning ust qismida galagramma ham yopishtirilgan bo‘lsa ham bu kitoblar teleboshlovchi tabiri bilan aytganda bu kitoblar noqoniniy hisoblanadimi ya‘ni Sharq" nashriyot-matbaa tomonidan chop etilgani uchun?Olloh hamisha panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda nashr huquqi haqida so‘z ketmoqda. Mazkur ikki muassasaning nashr huquqi bor. Ammo matbaa ma’nosida boshqalarga ham ruxsat berilgan. Misol uchun mazkur ikki muassasa ham “Sharq”da chop ettirgan kitoblari ko‘p. Bizning kitoblar ham shu jumlaga kiradi.
5 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 149 | Kitoblar