Uchastkaga zakot beriladimi2

Ancha avval, yashash maqsadida uchastka olgan edim. Orada 5-6 marta sotish niyati paydo bölib, keyin esa, 1yildan kam bölgan vaqt ichida, sotish niyatidan qaytib, yashash niyati paydo bölavergan. Bugun esa, sotish niyati paydo bölib, bugunoq sotdim. Ösha sotish niyatida bölgan vaqtlarimni bir biriga qöshib jamlansa, 2yildan ham ötadi, lekin, u niyatda yurgan vaqtlarimning birortasi ham bir yilga etmagan. Endi zakot beramanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Niyatga amal qilib, savdoga qo‘ygan bo‘lsangiz berasiz.

5 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 140 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar