Omonatni qanday qaytarsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men 12 yoshimda radiotexnika to‘garagiga qatnaganman. Shunda bir do‘stimdan o‘yin yozilgan disk olganman, olgan kunimdan ertasiga bronxial astma kasalim qo‘zg‘ab shifoxonaga davolanishga yotdim. Davolanganimdan so‘ng yana to‘garakka borsam, u er yopilib ketibdi. Do‘stim haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Disk esa shuncha yillardan beri menda turibdi. Buni qanday qaytarsam bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topib qaytaring. Hozirgi zamonda bir insonni topish qiyin emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar