Ustozni ziyorat qilish
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim shuki meniga bundan ancha yillar oldin diynimizdan bo‘lmagan bir inson xunar o‘rgatib qattiq qo‘llik bilan ustozlik qilib 1-2yil ichida meni juda kuchli va o‘ziga ishongan xunar egasi bo‘lishimga sababchi bo‘lganlar. Yillar davomida Allohga shukurki Alloh bergan rizq nasibam va shu xunarim orqasidan ishlab oilamga sarflayapman. Eshitishimcha ustozim rak kasaliga chalinibdilar, men ayol boshim bilan shu erkak ustozimdan xabar olsam bo‘ladimi? Oldinlari xabar olardim keyin ayol kishi nomaxram inson bilan gaplashsa bo‘lmasligin bilgach xabar olmay qo‘ydim. U inson menga qizim qatorisan deb ko‘p yaxshiliklar qilgan. Hozirda ayoli bilan yolg‘iz yashaydi, farzandlari O‘zbekistondan ko‘chib ketishgan. Men qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri qilgan bo‘laman? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta ularni ziyorat qilishingiz, holidan xabar olishingiz kerak bo‘ladi. Ayol kishi begona erkaklar bilan zarurat yuzasidan muomala qilishiga shar’an ruxsat bor. Shahvat yuzasidan bo‘lishi joiz emas. Hadislarda insonlarga tashakkur bildirmagan, shukur qilmagan inson Allohga ham shukur qilmagan hisoblanadi – deyilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 165 | Ayollarga oid masalalar