Ro‘za tutishga qodir ammo imkonsiz
Assalomu alaykum! Onamga yaqindi shifokorlar miyaga qon etishmasligi tashhisini qo‘yishdi. Shuningdeq qon bosimini tez-tez ko‘tarilishi ham bezovta qilayapti. Hozirda kasallik boshlang‘ich darajada bo‘lgani bois og‘riq unchalik bezovta qilmasada, shifokorlar davolanish zarurligini ta’kidlab, muolaja tezda boshlashni aytishdi. Muolaja tomchi-ukol (kapelnitsa) hamda tabletkalardan iborat ekan. Muolaja ham Ramazonga to‘g‘ri kelib qoldi. Hozirda onam ro‘za tutish yoki tutmaslik borasida ikkilanib qoldilar. Ustozlar, qanday yo‘l tutish borasida maslahat bersangizlar, ro‘zasiz muolajani boshlab, yakunida fidya bersinlarmi yoki ro‘zador hollarida ham tomchi-ukollarni qabul qilaversinlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tabletka ro‘zani ochishligi aniq, tomchi va ukollar teri osiga bo‘lishi ro‘zani ochmaydi. Tomirga ukol olishda ulamolarning ixtilofi bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 141 | Ro‘za