Shular bilan jannatga erishsa bo‘ladimi?

Assalamu aleykum” Ustozlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Menga 6 ta narsaning kafilligini beringlar (gapirsanglar rost gapiringlar, va’da bersanglar bajaringlar, omonatni ado qilinglar, farjlaringizni zinodan saqlanglar, ko‘zinglarni nomahramlardan tiyinglar, qo‘llaringizni gunohdan tiyinglar) men sizlarga jannatni kafilligini beraman” deb 6 narsani aytib o‘tganlar 6 narsani ichida farz qilingan namoz ro‘za va hokazo shular yo‘q. Savolim shuki, bu farz ibodatlarisiz ham jannatga erishib bo‘ladimi? Agar noto‘g‘ri eshitgan bo‘lsam mingbor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo farzlarni bajarib keyin ushbu olti narsaga qatiq ahamiyat berilsa, shundagina o‘sha kafolatga sazovor bo‘lish mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zikr qilmaganliklari, chunki musulmon insonga farzlarni qoldirish mumkinmasligi va musulmon unday ish qilmasligi aniq ekanligi uchundir. Shuning uchun zikr qilmaganlar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 142 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar