Sunniy aqiydalar kitobingiz haqida

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx hazratlari!Yaqinlashib kelayotgan Iyd-Qurbon ayyomingiz Muborak bo‘lsin!Olloh taolo biz - ummatlar uchun qilayotgan xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin, Sizga O‘z dargohidan behisob ajrlar ato etsin, amiyn!Hazrat, hozirda Sunniy aqiydalar nomli kitobingizni topish ancha mushkul bo‘lyapti, kitob do‘konlaridan ham topish imkoni bo‘lmayapti. Shu kitobingizni, InshaOlloh, yana nashr ettirish niyatlaringiz bormi? Chunki hozirda bu kitobni so‘raganlar kam emas ekan. Shunga yarasha ehtiyoj ham bor.Hazrat, agar bu kitobingiz yana nashr ettirilmasa, bu kitobga ehtiyojmandlar o‘zlari uchun nusxa ko‘chirib (kserokopiya) olishlari mumkinmi? (Ko‘paytirib tarqatish uchun emas.)Noo‘rin savol berib vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Olloh umringizni ziyoda aylab, xayrli ishlaringizda bardavom qilsin, amiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nashr etish niyati bor. Duo qilib turinglar.

5 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 168 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar