Dadamning qaramog‘ida bo‘lgan singilga zakot

Assalomu alaykum! 1. Men chet eldaman. Turmushdan ajrashgan singlim bor. U uyimizda ota-onamning qaramog‘ida. Shu singlimga zakotimni bersam bo‘ladimi? 2. Zakot berayotganda hozirgi bor daromadimdan 2 yilga deb niyat qilib va hisoblab zakot bersam, keyingi yil daromadim ko‘paygan bo‘lsa, keyingi yil yana hisob kitob qilib zakot beramanmi? Yoki hozirgi 2 yilga deb niyat qilib bermoqchi bo‘lgan zakotim, keyingi yil daromadim qancha bo‘lishidan qat’iy nazar 2 yilga o‘taveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aka-singilga, singil akaga zakot berishi joiz. Sharti shuki oluvchi taraf nisob miqdoridagi mulkga ega bo‘lmagan kambag‘al inson bo‘lishi kerak. Nisob miqdoridagi tilla (85 gr), yoki shuning qiymatidagi pul, yoki shuning qiymatidagi tijorat moli yoki qiymati shu miqdorga teng keluvchi, hojatidan oshiqcha bo‘lgan biror mulk, yoki zakot nisobiga etgan chorva moliga ega bo‘lsa zakot olishi joiz emas.2). Keyingi yil nisobingiz ko‘paysa o‘sha uchun ham zakot berishingiz vojib. Vallohu a’lam!

27 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 170 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar