Jannatga erishish uchun amal

Assalomu alaykum! 1 ) Xurmatli zikr axli xayati !  Xudoga shukur 2 yildan beri namoz ukiyman lekin xaligacha arab tilini uzlashtirmadim. Namoz urganganimda tarjimasidan  "men xam namoz ukiyman" kitobidan urganganman . Ora orada shu kitob ichida 5 6 ta surala bor vokea mulk yasin roxman va xokazo. Shulaniyam bir bir ukib turaman.  Bugungi kelib namoz kuron ukiganimda gumon shubxa bilan ukivoman negadur. Xayolimda arab tilidegi x,h shu xarflani xato etvotgande bovomman. Chunki arab tilida X xarfi etilishi xar xil ekan shulani endi bildim. Lekin tarjimasida bitta X etiladi.  Xattoki  xato ukivoman db namozni tashasham xayolimga kevotti. Shunga endi nima kisam buladi? Agar arab tilini urgansam organgan bu namozim duolarimni kando kilib tugirliman chunki man tarjimasida urganganman. Agar shunaka umri davomida namozni xato ukib yursa kabul bumasa keyingi dunyoda duzaxga tashlanadimi xato ukigani uchun? Nima kilsam buladi gumon shubxa bilan ukimaslik uchun ? Iltimos maslaxat berila !   2 )  Ancha oldin bir maruza eshitdim. Unda aytilishicha  eng zor jannatning 8 - firdavs jannat ekan lekin undanam zori Allox taoloni jamolini kurish ekan. Endi savolim shuki jannatning 8 - darajasiga kirish uchun  Alloxning jamolini kurish  uchun kanakadir Amal yoki namoz bormi? Nima kilish kere 8- darajaga kirish Alloxning jamolini kurish uchun?  Iltimos agar busa shundan xabar berin biz shu amalni xar doim kilib yurib Alloxning jamolini kurishga musharraf bose.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahmoqlikni eng kattasi noto‘g‘ri o‘qiyabman, qabul bo‘lmayaptimi deb namozni tashlash. Musulmon odam bunaqa shaytonning malayi bo‘lmaydi. Yo‘l yo‘lakay xatosini to‘g‘rilab ketishga harakat qiladi. Oldin o‘qilgan xato namozlarni qazosini ham o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar