Aka ukalar
Assalomu alaykum! Biz oilada 3 ta o‘g‘ilmiz qiz yo‘q men eng kenjasiman. Katta akam 2 yil bo‘ldi alohida bo‘lganiga uyini ko‘chib o‘tgunicha bo‘lgan hamma ishlarini birgalikda mehnat qilib qurganmiz. O‘rtancha akamni hozir uyi qurilyapti tez Ora ko‘chib o‘tadigan ahvolga keladi. Bu uygayam taxminan yarim bitgunicha uchalamiz mehnat qildik. Katta akam alohida bo‘lganidan keyin qolgan ishlarini kichkina akam va men davom qildirdik. Alhamdulillah mehnatlarimiz samarasi ko‘rindi. Biz o‘sib ulg‘aygan uyda Otam va Onam bilan yani kenja o‘g‘il man qoladiganman. Bu uyimiz 1967-yilda qurilgan ekan ko‘p joyi juda eskirdi rekonstruksiya qilgandan ko‘ra uyni buzib yangidan qurgan osonroq va avzal bo‘lib qoldi. Biroq akalarimni ikkalasi ham menga yordam beradiganga o‘xshashmayapti. 2 ta uyni birgalikda qursagu menga hech biri yordam bermasligi ma’lum bo‘lib borgan sari judayam hafa bo‘lib ketyapman. Akalarim haqida yomon hayolda bo‘lish yaxshimas biroq haqiqat shu. Ustozlar maslahat beringlar bu dunyo matohi o‘tkinchi uy joy deb aka ukalar orasida hafagarchilik bo‘lishi yaxshimas biroq ajalimiz kelgunicha har kim ham yaxshi yangi uy joyda yashashni hohlaydi bu nafs qonuni. Birgalikda mehnat qilsagu menga navbat kelganda bunaqa bo‘lsa judayam Alam qilib ketyapti. Rosti kundan kunga ko‘nglim sovib boryapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota onangiz o‘sha uyni sizga hadya qilsinlar. Keyin o‘zingizning mulkingizga o‘tsa, o‘zingiz quring. Akalaringiz yordam bersa, yaxshi. Bermasa, xafa bo‘lmang. Vallohu a’lam!
16 Sentabr 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota onangiz o‘sha uyni sizga hadya qilsinlar. Keyin o‘zingizning mulkingizga o‘tsa, o‘zingiz quring. Akalaringiz yordam bersa, yaxshi. Bermasa, xafa bo‘lmang. Vallohu a’lam!
16 Sentabr 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush