O‘zini boshqa qavmga o‘xshatish

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "kim o‘zini o‘zga qavmga o‘xshatsa bizdan emas"degan xadislaridan bilamizki yangi yil 8-mart va boshqa bayramlarni nishonlash mumkin emas, lekin bir narsaga tushunmadim hozirgi kunda o‘zbek tilida internetta kam ma’lumotlar bor. Boshqa millatlardan ishlash uslublarini taomlarinimi ro‘zg‘orga oid ishlarinimi o‘rgansak o‘shalarnikidek bajarsak o‘xshatishga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juda chiroyli savol beribsiz. “Kim o‘zini o‘zgaga o‘xshatsa o‘sha qavmdan bo‘ladi” degan hadis o‘zgalarning diniy ishlariga taalluqlidir. Ularning diniy bayrami ekanligi jihatidan musulmonlar undan qaytariladi. Dinga taalluqli bo‘lmagan ishlarda ularga taqlid qilishning zarari yo‘q. Hozirgi kunda dunyoning etuk olimi bo‘lgan Muhammad Hasan Dedu frantsiyaga kastyum shim kiyib borganlarida ba’zi bir o‘zicha taqvodor, dinni yuzaki tushunadigan kishilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday kiyim kiyganlar, qanday kiyimda bo‘lganlar” deb so‘rashgan ekan. U kishi “O‘sha davrda ommatan xalq kiygan kiyimda, ya’ni Abu Lahab va Abu Jahlning kiyimlaridek kiyim kiyganlar” deb javob berganlar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 402 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar