Mijozga sms jo‘natish

Assalomu alaykum! Ko‘pkina notanish kontaktlarga ommaviy reklama sms tashlash joizmi? Masalan gilam yuvish xizmatlarini notanish kontaktlarga o‘z xizmatlarini taklif qilish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Telefon raqamini o‘z xohishi bilan barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan sahifaga joylagan bo‘lsa unga xat orqali reklama yuborish mumkin. Xatda ushbu reklamalarni yuborishni to‘xtatishni istaganlar uchun kerakli tugma ham joylanishi shart. Ammo o‘z raqamini bunday ochiq manbaalarga joylab qo‘ymagan bo‘lsa unga reklamalar yuborish joiz emas. Vallohu a’lam!

7 Dekabr 2023, 10:41 | Savol-javoblar | 0 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar