xijob farzligi

Assalomu alaykum muxtaram Shayx xazratlari. Islomda ayollar begona erkaklardan avratlarini yashirishlarini farz deb bilamiz . Yaqinda Shayx Qorzoviyning ayni mavzudagi fikrlarini quyidagi manzilda ko‘rib eshitdikhttps://www.qaradawi.net/’omponent/iolmedialib/item/2/8.htmlbizni tushunishimizcha u kishi "Xijob farz ammo namoz kabi emas" demoqdalar.buni qanday tushunish mumkin?xijobni farzligi namoz kabi emas deb bilmoq, Ahli sunna aqidaviy mazhabida xam aytib o‘tilganmi?shuni izoxlab berishingizni iltimos qilib qolamiz. Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning savolingizga javob berishdan oldin siz qoldirgan sayt unvoni yordamida o‘sha so‘zni eshitdim. U kishi hijob farz bunga biror kishi xilof qilmagan. Ammo Namoz, Ro‘za, Zakot va Haj kabi dinning rukni bo‘lgan emas degan ma’noda gapirgan ekan. U odam farzlar rukn darajasidagi va rukn darajasidagimasga bo‘linadi degan fikrda ekan. Avvalgi ulamolar, bunday taqsimni qilmaganlar.

21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 189 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar