Ijara puli

Assalomu alaykum! Men do‘konimni yaqinda ijaraga berdim. Ijarachi kompyuter o‘yinlari va ksero kopiya ochgan. U erda bolalar “yutqazgan to‘lari ham” o‘ynaydi. Men ijarachiga “bu ishing gunoh, harom. Bolalarga ruxsat bermagin” deb aytdim. Baribir unamayapdi. Men shundan ijara puli olsam joizmi? (masalan ksero kopiyani pulidan deb).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ijara muddati tugaganidan keyingi shartnomada shu narsalarni man qilib qo‘ying. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/7165

5 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar