Muqtadiyga ergashib namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Men chet elda o‘qiyman. Kunlarning birida masjida jamoatga kech qolganim sababli 4-rakaatga qo‘shildim. Imom ikki tarafga salom bergandan keyin o‘rnimdan turib qolgan rakaatlarni o‘qiy boshladim. Shu payt orqamdan bir inson kelib menga ergashib namoz o‘qiy boshladi. Namozimni tugatgandan so‘ng unga muqtadiy ekanligimni aytmoqchi bo‘ldim lekin bu erlarda muqtadiylarga ergashib namoz o‘qiydiganlarni ko‘p uchrataman. Boshqa mashablarda muqtadiylarga ergashsa bo‘larmikan deya avval siz ustozlardan shuni so‘ray degandim. Men bu o‘rinda nima qilishim kerak. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshqa mazhablarda joiz, hanafiy mazhabida joiz emas. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshqa mazhablarda joiz, hanafiy mazhabida joiz emas. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 173 | Namoz