Taqvimdagi xato uchun

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat men 2013 yil Oila taqvimini tutib namoz o‘qigan edim. Keyin bilsam, unda dekabr oyida 20 kun 15, 20, 30 minutcha oldin vaqtni ko‘rsatishgan. Aslida namoz vaqti shuncha vaqtlardan keyin kirgan ekan. Endi namozlarimni qazosini qanday o‘qiyman deb tushunmayapman. Qaysi namozimni vaqtida o‘qiganman ya’ni o‘sha taqvim bo‘yicha, qaysilarini kech o‘qiganimni bilmayman. Ammo ayrimlarini vaqtida o‘qiganim aniq. Ayniqsa asrni vaqtida o‘qishga harakat qilardim. Shunda kech o‘qiganlarim to‘g‘ri bo‘ladi. Savolimni tushundingiz deb umid qilaman. Qanaqa qilib endi namozlarimni qazosini o‘qiy? Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: - Besh vaqt namozning barchasini oldin ko‘rsatishganmi? - Ha, oldin ko‘rsatishgan, Shayx Hazratlari.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Unda bomdod va shom namozlari vaqtidan oldin o‘qilgani aniq bo‘ladi. Peshin va asrni aniqlash kerak bo‘ladi.

26 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar