Suv havzalarida g‘usl qilish

Assalomu alaykum! G‘usl qilishning odobi o‘laroq, aynan muayyan(masalan, hammom yoki suv havzalarida) joylarda g‘usl qilish kerakmi? Yoxud jamoat tahoratxonalarida g‘usl qilsa bo‘ladimi(hozirgi zamonaviy tahoratxonalarning hojatxonasida bunga sharoit bor)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaerda bo‘lsa ham butun badaniga suv etkazib olishni imkoni bo‘lsa bo‘ldi. U suv havzasi bo‘ladimi, tahoratxona bo‘ladimi, hatto qishloqdagi molxona bo‘lsa ham farqi yo‘q. Albatta oxirida oyoqni yuvishda sachragan suvlarni yuvib yuborilsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar