Ichish mumkinmi

Assalomu alaykum! Bir dori sotib oldim va uning tuzulishiga o‘qidim va o‘qiyotgan paytim cho‘chqa dep yozilganiga ko‘zim tushdi va men u dorini sotib olgan odamga qaytarib berdim u aytdiki cho‘chqa qo‘shilgan bo‘lsa ham ichish mumkin dedi men domladan so‘radim dedi shifo uchun mumkin dedilar dedi axir Qur’on karimda shubhasiz cho‘chqa go‘shti uning barcha a’zolari harom qilingan bo‘lsa uni ichish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masala siz aytgandek engil, bir og‘iz gap bilan bo‘lar ekan deydigan masala emas. Fiqhdagi asl qoida “harom davo bo‘lmaydi”. Siz aytyapgan dorilarning halol o‘rinbosarlari bor. Halol davo bo‘lmasa, harom narsa davo bo‘lishi borasida uch hoziq, taqvodor tabib shundan boshqa davo yo‘q desa, zarurat yuzasidan ishlatsa bo‘ladi. Dorilarning tarkibidagi harom moddalarning ham mohiyati o‘zgarib, na rangi na xidi na shakli qolmagan bo‘lsa, ulamolarimiz ishlatsa bo‘ladi deyishgan. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:53 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar