Namozda tushuncha
Assalomu alaykum! Ish joyimizda 5 vaqt namozni ado qilishga xarakat qilamiz xamkasblarim bilan. Xammamiz bir vaqtda yoki oldin yoki keyin. Bir vaqtda namoz o‘qiganimizda xamma barobar boshlaymiz va aloxida aloxida o‘qiymiz. Bu vaqtda ovoz chiqarib o‘qiladigan namozlarda bir birimizga xalaqit beriladi va namozni tezroq o‘qib olishga shoshishadi. Birontasi imomlikka o‘tgisi kelmaydi. Ovoz chiqarib o‘qiladigan namoz vaqtlarida qanday yo‘l tutsa bo‘ladi chalg‘imaslik uchun? To‘g‘ri u darajada etishib ketmaganmiz, namoz vaqtida boshqa narsaga chalg‘imaslikka. Bu vaqtda qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jamoat bo‘lib, bir imom ortida namoz o‘qinglar.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat namozi yolg‘izning namozidan yigirma etti daraja afzaldir», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ ثَلَاثَةٍ فِي قَرْيَةٍ وَلَا بَدْوٍ لَا تُقَامُ فِيهِمُ الصَّلَاةُ إِلَّا قَدِ اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ الشَّيْطَانُ، فَعَلَيْكَ بِالْجَمَاعَةِ، فَإِنَّمَا يَأْكُلُ الذِّئْبُ الْقَاصِيَةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qishloqdami, sahrodami, uch kishi bo‘lsa-yu, ular ichida jamoat namozi qoim qilinmasa, albatta, shayton ularga ega chiqar. Jamoatni lozim tut. Ayrilganni bo‘ri er», dedilar».
Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilganlar. Hokim sahih degan.
Sharh: Demak, qaerda uchta va undan ko‘p musulmon odam to‘plansa, o‘sha erda jamoat namozi o‘qilishi kerak. Hatto ikki kishi bo‘lsa ham, namozlarni jamoat bo‘lib o‘qishlari lozim. Jamoat namozi o‘qimaganlarga shayton ega chiqib, ularni o‘z qullariga aylantirib oladi. Jamoat namoziga qo‘shilmagan odam musulmonlarning jamoatidan ayriladi. Jamoatdan ayrilish hech qachon yaxshilik keltirmaydi. Qo‘radagi qo‘ylardan ajragan qo‘y bo‘riga em bo‘ladi, jamoatdan ajragan odam esa shaytonga qul bo‘ladi.
Bu hikmat doimo yuzaga chiqib kelgan. Musulmonlar ichidagi obro‘-e’tibor ularning jamoat namoziga qatnashishlariga qarab bo‘lgan. Jamoat namoziga qatnashmaydiganlar esa xonasalot (uyda namoz o‘quvchi) laqabini olib, obro‘siz kishilar hisoblanganlar.
Musulmonlar qaerda bo‘lmasinlar, ikki-uch kishi bo‘lsalar ham, hamisha jamoat namozi o‘qishga harakat qilganlar. O‘zlari qanday holatda yashamasinlar, birinchi galda jamoat namozi o‘qish uchun masjid qurishni o‘zlarining muqaddas burchlari deb bilganlar.
Muallif shunday hikoya qiladi: «Misrning bepoyon cho‘llari... Katta tezlikda borayotgan avtomashina oynasidan ahyon-ahyonda to‘kilib tushgan kichik uylarning xarobalari ko‘rinadi. Ularning o‘rtasida esa kichik, ammo butun masjid ko‘rindi. Sahroviy musulmonlar ushbu hadisi sharifga amal qilib, uch-to‘rt kishi bo‘lsalar ham jamoat namozi o‘qish uchun masjid qurgan ekanlar.
Aksincha, ba’zi joylarda shahar-qishloqlar oralab bir necha kun yursang ham bir dona masjid topa olmaysan. Shayton ana o‘shandoq yurtlarning odamlariga ega chiqmay, kimga ega chiqsin?! O‘shalarni zalolatga ketkazmay, kimni ketkazsin»?!(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 167 | Namoz