Karz vakti

Bu savol berilgan bulishi mumkin,lekin mendan yana bir bor surab berishni iltimos kilishdi,uzr. 1995 yilda bir kishi mening tanishimdan 6500(olti ming besh yuz) sumlik mol(narsa,buyum) sotib olgan ekanu xozirgacha bermay yurgan ekan,pulini berishga imkoniyati bulmagan,aldash niyati bulmagan.Boshida xej kanday shart bulmagan ekan,narxini kelishib u olgan bu bergan.Endi shu kunlarda usha karzni bermokchi.Xakdor aytyaptiki u vaktda u pulga bitta koramol berardi,xozir esa yarim kilo gusht beradi.Kanday yul tutishlari kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha buyumni bersin. Pul bo‘lsa, o‘sha vaqtdagi miqdorni beradi.

5 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar