Mijozlar qimor o‘ynasa bizga ziyoni yo‘qmi?

Assalomu alaykum! Biz fast food xonamizda butilkali pepsi sotamiz. Butilkani qopqog‘ini orqasida raqamlar bo‘ladi. Ko‘pchilik shu raqamlar bilan qimor o‘ynaydi. Yani kimni qopqog‘ida kichik son chiqsa o‘sha inson pepsi pulini to‘laydi. Biz bunga qarshimiz. Pepsilarimiz tashqarida haladilnikda turadi. Ichkariga olib kira olmaymiz joy yo‘q. Haladilnik ochiq turadi, istagan odam pepsini olib, ichkariga kirib pulini to‘lab qopqog‘ini ochib ichib ketadi. Haladilnikni qulflab qo‘ya olmaymiz sababi odam ko‘paygan paytlari uni ochib yopib yurishga ulgurmaymiz. Biz qopqoqni ochib berayotkanimizda mijozlar qimor o‘ynamasligi uchun qopqoqni mijozlarga bermasdan tashlab yuboramiz (pepsi sotishdan oldin qopqoq berilmasligi haqida ogohlantiramiz). Bazi mijozlar, qopqoqni bermasligimizni bilib, tashqarida turgan pepsini olganda o‘zlari qopqoqni ochib olishadi va qimor o‘ynashadi. Savolim shuki bunday holatlarda biz qanday yo‘l tutaylik? Mijozlar pepsi sotib olgandan keyin qimor o‘ynasa bizga ziyoni yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar qo‘lingizdan kelganicha qimorga qarshilik qilar ekansizlar. Bundan ortig‘iga javobgar emassizlar. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 14:47 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar