Xorazmdagi johilona kelin salom
Assalomu alaykum! Xorazm viloyatiga kelin bo‘lib tushganman. U erda kelin salom boshqa joylarnikiga o‘xshamaydi, bir yil davomida kattayu kichikka keyin esa umringizni oxirigacha o‘zingizdan kattalarga ta’zim qilishingiz kerak. Ta’zim qilish ham xuddi namoz o‘qiyotgandagi rukudagi sajdadek egilib, tizzani ikki uch bor silab ta’zim beriladi. Izlash xizmatidan o‘qiganlarimdan tushunishimcha Allohdan o‘zgaga ta’zim qilish kofirlik yo fosiqlikdir. Men u erda kelinman birovga bir og‘iz unday mumkin emas deb aytolmayman meni to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman men endi Alloh saqlasin kofir yo fosiqqa chiqib qolganmanmi? Bu haqida o‘qib qolganimdan beri ta’zim qilayotganimda ichimda Alloh uchun deyman shunday deyishim joizmi? Bilamizki yurtimizning barcha viloyatlarida masjidlar imomlar va ustozlarimiz bor nega xorazmdagi harom amal hisoblangan bunday urf e’tibordan chetda qolgan? Barcha viloyatlarda diniy idoralar tashqiqlashtirilgan bo‘lsa kerak shu sababdan sizlardan bir narsani iltimos qilmoqchi edim. Iloji bo‘lsa u erdagi diniy tashkilotlar bilan suhbatlashib ko‘rsalaringiz va bunday amalni to‘xtalishiga yordam bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/626
5 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/626
5 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar