Xristiyan uch taloq olsa

Assalomu alaykum! Bir musulmon kishi bir xiristiyan qizga nikohlansa, keyin vaqt o‘tib 3 taloq bersa. Yana qayta nikoh halol bo‘lishligi uchun nimalar shart? 3 taloqdan keyin nikox mumkun bo‘lishi uchun u qiz boshqa musulmon bo‘lmagan, xiristiyan kishi bilan o‘z dinida nikox o‘qitsa vaqt o‘tib ajrashib ketishsa o‘sha qizga musulmon uylansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon erkak nasroniy ayolni uch taloq qo‘ysa(uch hayz ko‘rib poklangunicha idda o‘tiradi) va u ayol nasroniy erkakka turmushga chiqib u bilan yaqinlik sodir qilsa va u nasroniy er o‘z dini bo‘yicha taloq bersa iddasi chiqqach musulmon eriga halol bo‘ladi. (Fatavoi Hindiya). " وَإِذَا كَانَتْ النَّصْرَانِيَّةُ تَحْتَ مُسْلِمٍ طَلَّقَهَا ثَلَاثًا ، فَتَزَوَّجَتْ نَصْرَانِيًّا وَدَخَلَ بِهَا : حَلَّتْ لِلْمُسْلِمِ الَّذِي طَلَّقَهَا ثَلَاثًا "انتهى "الفتاوى الهندية" Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Ularning dinida idda o‘tirish bo‘lmasa, talog‘ini olishi bilan musulmon erga halol bo‘ladi” deganlar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar