Eridan so‘ramasdan exson qilish
Assalomu alaykum! Men oxiratni, u dunyoni o‘ylasam juda qo‘rqib tezroq savob amallar qilib namozlarni to‘kis ado etishga xarakat qilaman. Qo‘limda bor narsamni exson qilgim, savobimni ko‘paytirgim keladi. Lekin turmush o‘rtog‘im uzoq safarda shu bois bazilarini so‘rab bersam bazisini so‘ramasdan berib yuboraman va savobi u kishiga xam yozilsin deb umid qilaman. Men o‘zim xam ishlayman. Maoshimdan erimdan so‘ramay exsan qilsam bo‘ladimi? Bazida erimdan so‘rasam men uzoqdaman birovlarga bermay o‘zlaring ishlat deydi. Erim xam 5 vaqt namozni kanda qilmaydi. Ko‘p xollarda qarindoshlarnikiga borishga. Yani silayi raxm, keksalardan xabar olish kerak desam xushlamaydi uncha. Men borgim xabar olgim qo‘limda borini bergim keladi. Erim xammasiga rozi bo‘medi. Men baribir beraveraman shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni molingizdan ehson qilavering. Bu borada ham quyidagi oyatga amal qilsangiz bo‘ldi. Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَجْعَلْ يَدَكَ مَغْلُولَةً إِلَى عُنُقِكَ وَلاَ تَبْسُطْهَا كُلَّ الْبَسْطِ فَتَقْعُدَ مَلُومًا مَّحْسُورًا 29. Qo‘lingni bo‘yningga bog‘lab olma. Uni bir yo‘la yozib ham yuborma. Yana malomat va hasratda o‘tirib qolmagin.
Isrofgarchilikdan qaytarilgandan so‘ng ushbu oyatda pulu mol sarfi aslida qanday bo‘lishi kerakligi bayon qilinmoqda.
«Qo‘lingni bo‘yningga bog‘lab olma».
Ya’ni «Baxil bo‘lma». Oyatda baxillik juda ham ajoyib bir tamsil ila vasf qilinmoqda. Qo‘lini bo‘yniga bog‘lab olgan odam hech qachon hamyoniga qo‘l sola olmaydi va undan pul olib, birovga nafaqa bera bilmaydi. Demak, baxil odam «Kutilmaganda hamyonimga qo‘l solib, birovga pul berib yubormay», deb, qo‘lini bo‘yniga bog‘lab olgan kishiga o‘xshatilmoqda.
«Uni bir yo‘la yozib ham yuborma».
Ya’ni «Qo‘lingni bir yo‘la yozib, bor-yo‘g‘ingni boshqalarga berib, tugatib ham qo‘yma».
«Yana malomat va hasratda o‘tirib qolmagin».
O‘ylamasdan, borini behuda sarflab, sariq chaqasiz qolgan odam malomatga uchraydi. Uni hamma malomat qiladi. Noto‘g‘ri va noo‘rin tasarrufini qoralaydi. Shuningdek, vaqt o‘tgandan keyin, uning o‘zi ham qilgan ishiga pushaymon bo‘lib, hasrat-nadomat chekadi. Islomda har bir narsani me’yorida qilish tavsiya etiladi. Bir narsani juda oshirib ham yuborilmaydi yoki, aksincha, juda yo‘q darajaga ham tushirib qo‘yilmaydi. Balki o‘rta me’yorda ado etiladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush