Tayyor maxsulotdan zakot

Assalomu alaykum! Bir savol javobda: "Savol: Ishlab chiqaruvchi korxonalardagi qanday mollardan zakot beriladi? Javob: Korxonalarda ikki xil mol bo‘ladi. Birinchisi, xomashyolar. Ikkinchisi, tayyor bo‘lgan mahsulotlar. Zakot berish paytida ikkalasining qiymati hisobga olinadi", deyilibdi. Bu erda tayyyor maxsulotning qaysi qiymati hisobga olinadi? Ishlab chaqaruvchi sotadigan narximi yoki ishlab chiqaruvchiga tushgan (xom ashyo, ishchi kuchi xarajatlari) narximi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tayyor mahsulotni hozirgi kundagi real narxi necha pul, ya’ni necha pulga sotsa o‘shandan chiqarasiz. Xom ashyo va ishchi kuchining harajatlari hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar