Ayolimni g‘arb ayollaridek kiyinishi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar bir savol bermoqchi edim. Lekin ozroq uyatli deb bildim. Ma’lumki har bir erkak borki g‘arb ayollarini qanday kiyimda yurishini qanday kiyimdagi ayollar erkaklarni shahvatini qo‘zg‘ashini biladi. Allohga shukur men ko‘zimni nomahramlardan qodir bo‘lganimcha tiyishga harakat qilaman. Lekin bazan hayollar g‘arb ayollarni kiyimlari va ularni yurish turishini eslasam shahvatim qo‘zib ketadi. Savolim shuki faqatgina ikkalamiz yani men va ayolim qolgan paytida uni g‘arb ayollaridek kiyinishini aytsam u rozi bo‘lsa men istaganimday menga qanday kiyinishi meni ko‘zimni quvnatsa shunday libos kiyishini so‘rasam yoki uni sochini kestirishimni so‘rasamchi yani sochini elkasidan qilib olishini aytsam joizmi? Yani kim nimani sevsa u qiyomatda o‘sha bilan tiriladi deyilgani bu vaziyatga tushmaydimi? To‘g‘risi zino va nomahramlardan ko‘zimni tiyish oson bo‘lmayapti. Er xotinlik aloqalarida qanday cheklovlar bor? Beodoblik qilgan bo‘lsam siz aziz ustozlarimdan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er-xotin orasida avratni chegarasi yo‘q. Ammo siz g‘arb ayollarini fohisha yoki fosiqa qiliqlarini ayolingizdan talab qilishingiz uni axloqiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Keyin inson o‘shalarni boshqa fisq-fujur va hayvoniy qiliqlarini ham talab qilishga o‘tadi. Inson tabiati shunaqa, yopiq narsani qancha ichini ochilishini xohlasa, ochib-ochib oxiriga borganda “endi menga qizig‘i qolmadi” deb ko‘ngli soviydi. Siz nafsingizni halol yo‘llar bilan qondiring. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar