Karantin vaqtidi ishxonalarda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Kecha musulmonlar idorasi raisi tomonidan karantin vaqtida namozlarni masjidlarda emas, uyda o‘qilishi to‘g‘risida fatvo berildi. Xozirgi kunda ko‘plab namozxonlar davlat ishxonalarida ishlashadi. Bu ishxonalarda namoz o‘qilishi mumkin emas, xatto bu uchun xona xam ajratilmagan. Yuqoridagini inobatga olgan xolda sizdan shu kabi ishxonalarda karantin vaqtida ishxonalarda namoz o‘qilishiga ruxsat berilishi to‘g‘risida tavsiya va ko‘rsatmalar berilishini iltimos qilib qolardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozga mustahkam bo‘lgan kishilar Allohning nazdida qadri ulug‘ bo‘ladi. Ustozlarimizdan biri : “Tog‘da yashovchi bir valiyning huzurlariga boruvchi uchta shaxsni misol qilib keltirgan. Ulardan biri tog‘da yashab, u erda uni chalg‘itadigan hech narsa yo‘q. Valiy huzuriga borish uchun yo‘lda unga qarshi chiquvchi qaroqchilar yo‘q, masofa qiyinchilik va mashaqqat tug‘dirmaydi. Ikkinchisi qishloqda yashab, u uchun esa bola-chaqa, ro‘zg‘or, dehqonchilikdan bo‘shab, qishloqdan toqqacha yo‘l yurish mashaqqati, ko‘p bo‘lmasada yo‘lda unga qarshi chiquvchi qaroqchilar bor. Uchinchisi shaharda yashaydi. Uning atrofi to‘la qaroqchi, valiy huzuriga etib borgunicha dushmanning o‘qlariga duchor bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham valiy huzuriga boradi. Aytingchi qaysi biri valiy huzurida hurmatga sazovordir. Hech qanday mashaqqatsiz tog‘da yashovchimi? Ba’zi bir to‘siqlarga ro‘baro‘ keluvchi qishloqda yashovchimi? Yoki shahardan keluvchimi?”. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 148 | Namoz