Taloq xaqida eshitganim

Assalomu alaykum! Men televizrda o‘zbek kinolaridan birida eshitdim. Er xotiniga 1 marotaba taloq deyilsa nikox buzilmas ekan. 3taloqsan desa keyin nikox buzilar ekan. Lekin men o‘ylanganim shuki 1tami 3 tami taloq deyilgandan keyin nikox kuchi qolmaydi dep bilaman va yana qaytadan taloq tushsa avvalgilarixam xisoblanadi. Qaybiri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri tushunibsiz. Bir marotaba taloq desa ham iddasi chiqqach bir biriga begonaga aylanishadi. Xotin boshqasiga erga tegib  ketishi mumkin. Uch imkoniyatdan bittasi qo‘ldan ketgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar