Muqimlikdagi namoz

Assalomu alaykum! Men bir joyga 30 kunga hizmat qilishga ketyapman. Mening savolim shuki, yani men muqim bo‘laman. Agar u erda namozni to‘liq o‘qish imkoni bo‘lmasa, namozimni faqat farzlarini o‘zini jamlab o‘qisam bo‘ladimi? Masalan peshin bilan asrni. Iltimos yo‘l-yo‘riq ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Peshinni chiqish vaqtiga yaqin o‘qisangiz asrni vaqti kirishiga o‘qisangiz ikkisini ham o‘z vaqtida o‘qigan bo‘lib, ko‘rinishdan jamlab o‘qiganga o‘xshaysiz. Asrni peshinni vaqtida o‘qishni jami taqdim, ya’ni o‘z vaqtidan taqdim qilib peshinni vaqtida o‘qish deyiladi. Bu borada kelgan barcha hadislar zayif, namozlarni o‘z vaqtida o‘qish borasida esa oyat va sahih hadislar bor. Kechiktirish joiz bo‘lmaganidek, vaqti kirmasdan oldin o‘qish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar