Etimni nikohga olish

Assalomu alaykum! Ukam etim qizga ko‘ngil qo‘ydi. Ammo ota-onamiz qizni etim bo‘lgani uchun jiddiy qarshiliklar qilishmoqda. Qiz solixa qizlardan bo‘lgani va qiyinchilikda yashagani ukamni ancha bezovda qilmoqda. Uylanish fikridan qaytarib bo‘lmayabti. Lekin ota onamizni xam ko‘ndirib bo‘lmayabti. Men oilada ko‘proq ibodat qilganim sabab muxokama maxal etimga uylanishni ajrlarini ota onamga ayting deb qoldi. Ammo men bu xakida ilmim sustroq edi. Qizni solixa qiz ekaniga guvox bo‘ldim. Bu holatda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi: عن ابن عباس قال جاء رجل إلى النبي صلى الله عليه وسلم فقال إن عندنا يتيمة وقد خطبها رجل معدم ورجل موسر وهي تهوى المعدم ونحن نهوى الموسر فقال صلى الله عليه وسلم: لم ير للمتحابين مثل النكاح رواه ابن ماجه Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib “Huzurimizda bir etim qiz bor. Unga bir kambag‘al va bir boy kishi sovchi bo‘lishdi. Qiz kambag‘alni sevadi, biz esa boyni yoqtirdik” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki bir-biriga muhabbat qiliganlar uchun nikohdek(afzal) narsa yo‘q” dedilar".
Ibn Moja rivoyati.
Ya’ni muhabbat dardining davosi nikohdir. Aks holda ikki tomon ham katta ziyon ko‘radi. Inson faqat foyda ko‘rishni o‘ylayvermasdan nochorlarni boshini silash, ularni ham to‘g‘ri yo‘lga boshlash va o‘zgalardan kutavermasdan o‘zgalarga ham berishni ham o‘ylash kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar