Ilm bilan havolanish

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, men yaqinda ilm o‘rganishni boshlagandim. Iloji boricha tuliqroq tushunishga harakat qilyapman. Shayx Hazratlari (Alloh ohiratlarini obod qilsin) kitoblari bo‘lmish ruhiy tarbiya kitobini uqib chiqdim. Ijtimoiy odoblarni o‘qishni boshlayapman. Sizni saytingizdagi qiziqarli ma’lumotlarni va hadislarni ham doim sharxi bilan kuzatib boraman, va qulimdan kelgancha amal qilishga harakat qilyapman. Men bir ilmli inson bilan tanish edim, lekin haqiqiy mo‘min shaxs timsolida kuradigan bu tanishim naznimda  juda katta gunohga qo‘l urdi, bir insonni hayotiga nohaqlik va zulm qildi. Ilmli inson bo‘la turib siz va biz aqlimizga sig‘ishi qiyinroq bo‘lgan ishga qul urdi, va bunda davom etmoqda. Bir insonni baxtsiz qilib quyganini bilib turib bunga beparvo qoldi.  Uni menga muomalasi o‘zgara boshladi chunki men unga bu gunoh ekanligini noto‘g‘ri ish qilayotganini aytgandim. U bilan aloqani uzgandim chunki bu kabi bilib turib qilinayotgan nohaqlikka chidab turolmasdim. Allohdan unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini surab duo qilardim. Biroz vaqt utgach u bilan uchrashib qoldik, shunda bo‘layotgan ishlarni ko‘rib men unga bu ishi noto‘g‘ri ekanligini tushuntirdim hali ham kechmas qaytishi mumkinligini aytdim (chunki u bu vaziyatda faqat o‘zinigina o‘ylayotganini usha insonga nohaqligi bilan bir ko‘rinishda ma’lum edi,  unga yoqmasa ham bu ishi nohaqlik yaxshi emasligini aytib quyishni farz deb bildim) lekin u menga diniy tomondan tushuntira ketdi, uzini shu bilan oqlashga o‘tdi. Shunda men ham unga uzim biladigan bir ikki hadislarni va oyatlarni  misol keltirdim. Bu ishimdan keyin uni menga aytgan gapidan lol qoldim. U menga: «Siz endi ilmni o‘rganishni boshlab o‘zingizni hamma narsani biladigan olimdek kursatmang. Uzingizcha ilm urganib kibrli va hudbin bo‘lib ketibsiz. Esingizda bo‘lsin siz aslo menga teng bo‘laolmaysiz» deya qo‘rs tovushda baqirib berdi. Tan olaman uchalik ilmga egamasman hali (uni uzi ham bunda kuchli emas asli u ham o‘rganib borayapti), lekin men u ko‘rib turib qilayotgan noto‘g‘ri ishini tushuntiraman deb kibrli va hudbinlikda ayblandim. Qo‘limdan kelgancha urganyapman, lekin asli u bu gapi bilan kibrli menmas u ekanligini isbotalamadimi? Haqiqiy mo‘min inson unga undan yoshi katta inson nasihat qilsa U shu darajada pastga urib o‘zini katta olishi havolanishdan emasmi? Alloh bergan ne’matidan shu tarzda foydalanib kibrga berilish gunohku. O‘zidan ilmi pastlarni shunday ochiqchasiga dili og‘ridiku deb ham o‘tirmay kamsitish to‘g‘rimi? Men u bilan gaplashmay qo‘ydim, bu kabi «inson»larni hayotimda bo‘lishini xoxlamadim. U mendan kichkina bo‘lishiga qaramay doim unga havas qilardim, haqiqiy insoniy fazilatlarga ega insondek ko‘rinardi, hechkimni kamsitmaydigan, dilini og‘ritmaydigan, o‘zini emas boshqalarni g‘ami bilan yashaydigan insondek edi. Afsus bu hammasi niqob ortidagi ishlar ekan. U o‘z yaqinlarini aldagani yetmagandek, o‘zini ham yolg‘onlariga ishontirmoqda,  asli uni  qanday inson ekanligini mengina bildim holos. Qolganlar uchun u doimgidek insonparvar (shunday katta zulm qilib ojizga) va haqiqiy insondek ko‘rinadi. Muhaymin bo‘lmish Alloh qalblarni bilguvchidur. Albatta kim haq kim no haq faqatgina Alloh bilguvchi. Lekin zamonamiz odamlariga nimalar bo‘lyapti? Insonlarni kamsitishni gunoh bilmay qo‘ydilarmi? O‘z manfaatlarini deb uni qadrlaganlarni ezib o‘tib ketib, kamiga ularni o‘z gunohlarida aybdor sanayapatilar. Shaytoniy qalb bilan farishta yuzli bo‘lib oldilarmi? Men unga noto‘g‘ri ish qilayotganini aytdim, lekin u mendan dushman yasab oldi, chunki uni asli shaxsiyatini bilib qoldim. Lekin uni qaytarolmadim. Uni asl yuzini oshkor qila oladigan dalilga egaman. Hatto bu ishim ziyon keltirsa ham, lekin men uni bu ishlarini Allohga havola qildim. Aytingchi to‘g‘ri qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytaruvchilar hamma vaqt kimdandir rahmat eshitsa, kimdandir malomatga qoladi. Aslida rahmatga ham, malomatga ham e’tibor bermaslik kerak. Etkazish va qaytarishdan Allohning savobini umid qilib, qolganini Allohga havola qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar